Intellektual tanlov
Moskva avtomobil yo`llari davlat texnika universiteti tomonidan MDH davlatlari fuqarolar uchun xalqaro intellektual tanlov e`lon qilingan. Tanlov g`oliblari ushbu xorijiy OTM da turli bosqichlarda (bakalavriat, magistratura, aspirantura) grant asosida o`qish imkoniyatini qo`lga kiritadilar.
Tanlovda ishtirok etuvchilar joriy yilning 17-yanvariga qadar ( magistratura uchun - 28-yanvarga qadar) grant.madi.ru saytida ro`yxatdan o`tishlari lozim. Onlayn imtihon 29-yanvar kuni bo`lib o`tadi.
Kerakli ma`lumotlarni grant.madi.ru sayti orqali olishingiz mumkin.